Dasturlash tillari asoschilari

Bir qarashda raqamlar va soʻzlardan iborat bu birikmalar qanday qilib shu darajada mashhurlikka erishgani va qanday qilib ularning zamonaviy hayotning ajralmas bir boʻlagi boʻlib qolganligi barchaga qiziq boʻlsa kerak. Dasturlash tillarini oʻrganish qiyinmi? Balki, sizda notoʻgʻri tasavvur mavjuddir? Keling, bugun hammasiga oydinlik kiritamiz!

1. Guido van Rossum Python dasturlash tili asoschisi

Python oʻrganishga oson va imkoniyatlari yuqori boʻlgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan boshlangan. Oʻsha paytlarda uncha taniqli boʻlmagan Gollandiyaning CWI instituti xodimi Guido van Rossum ABC tilini yaratilish proyektida ishtirok etgan edi. ABC tili Basic tili oʻrniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini oʻrgatish uchun moʻljallangan til edi. Bir kun Guido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida oʻzining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi. Guido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Oʻsha paytlarda muallif BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va oʻzi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).

2. Rasmus Lerdorf PHP dasturlash tili asoschisi

PHP eng mashhur skript dasturlash tilidir. U 1994-yilning kuzida Rasmus Lerdorf tomonidan taqdim qilingan. Uning tarixini oʻziga xos tarzda noyobdir. Hammasi Rasmus Lerdorfning Command Gateway Interface(CGI) da oʻz shaxsiy bosh sahifasini yaratishga urinishdan boshlandi. PHP (Personal Home Page) “shaxsiy bosh sahifa” degan maʼnoni anglatadi. Bugungi kunda PHP dan Facebook, Wikipedia, Tumblr, Slack, MailChimp, Etsy, WordPress kabi gigantlar foydalanib keladi.

3. James Gosling Java dasturlash tili asoschisi

Java dasturlash tili — eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʻlib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Java, 1991 yilda Jeyms Gosling tomonidan sun microsystemda yaratilgan. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʻldi. Dastlab “Oak” nomi tanilgan,keyinchalik “Green” deb oʻzgartirildi. Java texnologiyasi oʻta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada taʼminlab bera oladigan, kuchli, toʻla obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili boʻlib, muhit (platforma)ga boʻliq boʻlmagan holda ishlaydi. U bilan hatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yoza olasiz.

Maqola haqidagi fikrlaringizni yozib qoldirishni unutmang !
Frontend Dasturchi, Dizayner

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

50 + = 60